30 Iyul 2025
546
Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi sportida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqishdi
Singapurda oʻtayotgan suv sport turlari boʻyicha jahon chempionati doirasida Koreya Respublikasi Sport va Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston tomonidan Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, Koreya Respublikasi tomonidan mamlakat Sport va Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Syong Min Ryu ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida kelgusida ikki davlat Milliy Olimpiya qoʻmitalari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqilishi, terma jamoalar oʻrtasida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tashkil etilishi va tizimni rivojlantirishda tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.









