30 Iyul 2025
391
Bahodir Maxsitovni tabriklaymiz!
Bugun uzoq yillar oʻzbek sporti rivojiga hissa qoʻshgan taniqli davlat arbobi, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi, “Mehnat shuhrati” ordeni va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibi Bahodir Maxsitov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bahodir Maxsitovichni tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.
