29 Iyul 2025 1032

Shahnoza Mirziyoyeva World Aquatics Ijroiya qoʻmitasi byurosi a’zoligiga saylandi

Singapurda suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionati doirasida Butunjahon suzish federatsiyasining (World Aquatics) navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtdi. Unda suv sporti turlarining global miqyosda rivojlanishi, tashkilot faoliyatining yanada samarali yoʻlga qoʻyilishi hamda uning boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Mazkur Kongress doirasida muhim qarorlar qabul qilinib, World Aquatics Ijroiya qoʻmitasi byurosining yangi tarkibi shakllantirildi. Quvonarlisi, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ushbu nufuzli tuzilma a’zoligiga saylandi.

Bu saylov nafaqat oʻzbekistonlik mutaxassislarning xalqaro tashkilotlardagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi, balki mamlakatimizda suzish havzalarini barpo etish hamda suv sporti tizimini yoshlardan boshlab samarali yoʻlga qoʻyishga ham katta hissa qoʻshadi.

Text to speech