29 Iyul 2025 510

Tarixiy natija qayd etgan Universiadachilarimiz tantanali kutib olindi

Germaniyada oʻtkazilgan Reyn-Rur-2025 Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida munosib ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi yurtimizga qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tashkil etilgan tantanali kutib olish marosimida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo’yicha vakili Odil Abduraxmanov, Sport vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari rahbariyati hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi vakillari, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olgan rasmiylar talaba sportchilarimizni erishgan tarixiy muvaffaqiyati bilan qutlab, ularga kelgusida ham yanada ulkan zafarlar tilashdi.

Eslatib oʻtamiz, 16-27-iyul kunlari tashkil etilgan musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallari bilan 113 davlat orasida umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egallagan edi.

Text to speech