27 Iyul 2025
657
Umar Bozorov Ulan-Bator “Katta dubulgʻa” turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Moʻgʻulistonda oʻtayotgan “Katta dubulgʻa” musobaqasidagi ikkinchi medaliga ega chiqdi. Bugungi bellashuvlarda ishtirok etgan Umar Bozorov kumush medal bilan taqdirlandi.
-90 kg vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz finalda yaponiyalik Riku Okadaga magʻlub boʻldi va musobaqani ikkinchi pogʻonada yakunladi.
Shuning bilan Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 tadan oltin va kumush medallari bilan yakunladi.
