27 Iyul 2025 701

Reyn-Rur-2025: Sharifa Davronova delegatsiyamizga soʻnggi oltin medalni keltirdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Germaniyada nihoyasiga yetib borayotgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi. Bugungi bahslarda qatnashgan yengil atletikachimiz Sharifa Davronova oltin medalga sazovor boʻldi.

Uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan Davronova 14,33 metrga sakrab, faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etishga ham muvaffaq boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi mazkur Universiada oʻyinlarida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamgʻarib, oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani koʻrsatdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan barcha sportchi va murabbiylarni samimiy tabriklaydi!

Text to speech