27 Iyul 2025 451

Yosh taekvondochimiz Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topildi

Malayziyaning Kuching shahrida taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.

Ahamiyatlisi, ikkinchi kun dasturida -59 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Omadbek Otabekov barcha raqiblaridan ustun kelib, Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, Otabekov yigitlar o’rtasida musobaqaning eng yaxshi taekvondochisi deb topildi.

Shu tariqa, yoshlarimiz Osiyo chempionatini bittadan oltin, kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi.

Bugun o’smirlar o’rtasidagi bellashuvlar boshlandi.

Text to speech