27 Iyul 2025
534
Bugun qilichbozlarimiz 3 ta dasturda ishtirok etishadi
Qilichbozlik boʻyicha Tbilisida oʻtkazilayotgan jahon chempionatining bugungi kunida ham Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolar ishtiroklarini davom ettirishadi. Ortda qolgan saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan 4 nafar qilichbozimiz yakkalik dasturida jang qilishsa, sablyachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda oʻz omadlarini sinab koʻrishadi. Yurtdoshlarimizning ilk raqiblari bilan tanishing:
Erkaklar, jamoaviy sablya:
1/16 final: Oʻzbekiston — Polsha
Erkaklar, yakkalik shpaga:
1/32 final: Javohirbek Nurmatov — Ruibo Siao (Kanada)
Vadim Anoxin — Yakub Yurka (Chexiya)
Ayollar, yakkalik sablya:
1/32 final: Samira Shokirova — Felis Herbon (Germaniya)
1/32 final: Fernanda Errera — Jiyeon Seo (Koreya Respublikasi)
