26 Iyul 2025
470
Hududlarda “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik olib borilmoqda
Avgust oyida mamlakatimiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Ayni paytda ushbu musobaqaga katta hajmda tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.
Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitalari masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh hududlarda tayyorgarlik jarayonini oʻrganmoqda. Oʻrganish davomida musobaqalar tashkil etiladigan obyektlar koʻzdan kechirilib, joylarning holati tahlil qilinmoqda. Shuningdek, ishtirokchilarga barcha shart-sharoitlarni yaratish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha vazifalar belgilab olinmoqda.









