26 Iyul 2025
506
Voleybolchilarimiz Puerto-Riko ustidan gʻalaba qozonishdi
Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston U19 jamoasi Toshkentda oʻtayotgan jahon chempionatida ikkinchi gʻalabasiga erishdi. Puerto-Riko bilan bahs olib borgan yigitlarimiz raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va 3:0 hisobida zafar quchishdi.
Oʻzbekiston 3 – 0 Puerto-Riko
(25:18, 25:21, 25:14)
