26 Iyul 2025
453
Baydarkachimiz Arina Tanatmisheva jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻldi
Portugaliyaning Montemor-o-Velyu shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha U18 va U23 yosh toifasidagi jahon chempionati oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qoʻlga kiritdi.
U23 yosh toifasida 1000 metr masofaga kechgan baydarkachilar bahsida Arina Tanatmisheva marra chizigʻini ikkinchi boʻlib kesib oʻtdi va kumush medalga sazovor boʻldi.
