25 Iyul 2025 423

Voleybolchilarimiz Pokistonga magʻlub boʻlishdi

Toshkentda oʻtayotgan voleybol boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi U19 jahon chempionatida ikkinchi tur bahslari ortda qolmoqda. Bugun Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi pokistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi. Afsuski, bellashuv raqib jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻzbekiston 0 – 3 Pokiston 
(23:25, 18:25, 21:25)

Text to speech