25 Iyul 2025 656

Olimpiada sovrindorini magʻlub etgan Abdurahim Nutfulloyev Ulan-Bator “Katta dubulgʻa” chempioniga aylandi

Bugun Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasi start oldi. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki kunning oʻzida oltin medal yozildi.

-66 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz Abdurahim Nutfulloyev barcha raqiblarini magʻlub etib, musobaqa chempioniga aylandi. Qayd etish joiz, dzyudochimiz final bellashuvida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori, moldovalik Denis Viyeruni magʻlubiyatga uchratishni uddaladi.

Text to speech