25 Iyul 2025
467
Musa Aymuratov jahon chempionatining saralashidan muvaffaqiyatli oʻtdi
Tbilisi shahrida qilichbozlik boʻyicha jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Dasturga koʻra, bugun Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari shpaga va sablya dasturlarida bahs olib borishadi.
Ortda qolgan kun sablya boʻyicha kechgan erkaklar oʻrtasidagi saralash bahslarida Musa Aymuratov muvaffaqiyatli qatnashib, medallar uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi. Bugun u ishtirokini 1/32 finalda fransiyalik Maksim Pyanfettiga qarshi boshlaydi.
Shuningdek, shpagachi qizlarimiz jamoaviy dasturda oʻz omadlarini sinab koʻrishadi. Ular 1/16 finalda Shveysariyaga qarshi bahs oʻtkazishi koʻzda tutilgan.
