24 Iyul 2025 983

Voleybol boʻyicha Toshkentda start olgan jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi

Bugun poytaxtimizda voleybol boʻyicha U19 yosh toifasidagi yigitlar oʻrtasida jahon chempionati start oldi. Biroz avval “Yunusobod” sport majmuasida yurtimizda ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Tadbirda Xalqaro voleybol federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sport vazirliklari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat voleybol federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Marosimda soʻz olgan rasmiylar mamlakatimizda jamoaviy sport turlari rivojiga katta eʼtibor qaratilayotgani, buning natijasida voleybol yoshlarimizning sevimli sport turiga aylanib borayotgani haqida taʼkidlashdi. Oʻz oʻrnida, xorijlik mehmonlar yurtimiz bunday nufuzdagi musobaqani yuqori saviyada tashkil eta olayotgani, infratuzilmaning yuqori ekaniga alohida urgʻu berishdi.

Tadbirdan soʻng rasmiylar terma jamoamiz aʼzolari bilan uchrashib, ularga masʼuliyatli oʻyinlar oldidan omad tilashdi.

Text to speech