24 Iyul 2025 647

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Sizni yurtimizdagi Olimpiya oilasi, koʻp sonli sportchi va murabbiylar, funksionerlar, sport faxriylari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizning bevosita rahbarligingizda soʻnggi yillarda mamlakatimizda Olimpiya harakati misli koʻrilmagan darajada yuksalib, sportchilarimiz nufuzli xalqaro maydonlarda yurt bayrogʻini baland koʻtarib kelmoqda. Oʻzbekiston sportining jahon arenalarida bugungi salohiyati va yutuqlari, ayni paytda, sogʻlom millat va sogʻlom jamiyat sari olib borilayotgan siyosatingizning amaliy natijasidir.

Milliy Olimpiya qoʻmitasi jamoasi nomidan Sizga mustahkam sogʻliq, bardavom kuch-gʻayrat va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi, sportimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borayotgan ezgu ishlaringizda doim omad yor boʻlsin!

Hurmat bilan,
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi jamoasi

<iframe width="100%" height="737" src="https://www.youtube.com/embed/PTM3NR1hygQ" title="Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech