23 Iyul 2025
506
Reyn-Rur-2025: Oʻzbekiston delegatsiyasi Universiadalardagi eng yaxshi natijasini yangiladi!
Germaniyada oʻtayotgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etdi. Hozirgina yakunlangan taekvondo WT boʻyicha aralash jamoaviy bellashuvda hamyurtlarimiz oltin medalga sazovor boʻlishdi.
Misrga qarshi kechgan murosasiz bahsda yurtdoshlarimiz 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Bellashuvlarda Diyoraxon Azizova, Madina Mirabzalova, Shohjahon Karimboyev hamda Najmiddin Qosimhojiyev jamoamiz sharafini himoya qilishdi. Qayd etish joiz, sportchilarimiz shu paytgacha Universiada oʻyinlarida 3 ta oltin medalga ega chiqmagan edi.
Shuning bilan delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil qilmoqda.
