23 Iyul 2025
553
Reyn-Rur-2025: Laziza Haydarova dzyudochilarimizning dastlabki medaliga mualliflik qildi
Universiada oʻyinlarida bugun bahslarga kirishgan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham dastlabki medalni rasmiylashtirdi. -48 kg vazn toifasida kurashgan sportchimiz Laziza Haydarova bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Yarim finalgacha yetib borgan hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun bellashuvda polshalik Paulina Shlaxtani vazari bahosi bilan magʻlub etishni uddaladi.
Ushbu natija bilan delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 2 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil qilmoqda.
