22 Iyul 2025
393
Reyn-Rur-2025: Taekvondochi yigitlarimiz bronza medallariga ega chiqishdi
Germaniya boʻylab tashkil etilayotgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarining bugungi bahslarida taekvondo WT boʻyicha jamoaviy dasturdagi bellashuvlar oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini yozdirib qoʻydi.
Shohjahon Ahmedov, Umidjon Turopov va Marat Mavlonovdan iborat jamoamiz yarim finalgacha yetib bordi va bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Shuning bilan, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozirgi holatga koʻra 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi.
