22 Iyul 2025 479

Reyn-Rur-2025: Eldorbek Usmonov ikkinchi medalini qoʻlga kiritdi

Germaniyada davom etayotgan Universiada oʻyinlarining bugungi kuni ham Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun omadli oʻtdi. Suzuvchimiz Eldorbek Usmonov musobaqadagi ikkinchi medaliga sazovor boʻldi.

100 metrga batterflyay usulida suzish boʻyicha final dasturida qatnashgan yurtdoshimiz marraga uchinchi boʻlib yetib keldi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi bugungi kunni 2 ta oltin, 4 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi.

Text to speech