22 Iyul 2025 524

Dzyudochilarimiz Ulan-Bator “Katta dubulgʻa” musobaqasiga yoʻl olishdi

25-27-iyul kunlari Moʻgʻuliston poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. Mazkur turnirda qatnashadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Ulan-Batorga joʻnab ketdi. Mamlakat dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, terma jamoamiz quyidagi tarkibda medallar uchun kurash olib boradi:

Erkaklar:
-60 kg: Doston Roʻziyev
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-73 kg: Mardon Ravshanov
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
-81 kg: Amirbek Aminov
-90 kg: Umar Bozorov
+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev

Ayollar:
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Fotimaxon Tursunboyeva
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Nodira Yoʻldosheva
-70 kg: Farangiz Hojiyeva

Text to speech