21 Iyul 2025
533
Reyn-Rur-2025: Marat Mavlonov delegatsiyamizga navbatdagi kumush medalni keltirdi
Oʻzbekiston delegatsiya Universiada oʻyinlaridagi toʻqqizinchi medaliga ega chiqdi. Ushbu medal taekvondochimiz Marat Mavlonov (+87 kg) hisobiga yozildi.
Finalgacha boʻlgan yoʻlni mardonavor bosib oʻtgan yurtdoshimiz chempionlik bahsida janubiy koreyalik Sanghyun Kangga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi bugungi kunni 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunladi.
