21 Iyul 2025 473

Kun dayjesti

Reyn-Rur-2025: Bugun hamyurtlarimiz 17 ta dasturda qatnashishadi
Bugun Germaniya mezbonlik qilayotgan yozgi Universiada oʻyinlarining beshinchi kun bahslari oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari 5 ta sport turida (suzish, taekvondo WT, stol tennisi, yengil atletika, tennis) jami 17 ta dasturda ishtirok etishadi.

Kurashchilarimiz Vengriya turnirini 2 ta medal bilan yakunlashdi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari boʻyicha nufuzli xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Abdullo Aliyev (-72 kg) kumush va Jalgasbay Berdimuratov (-82 kg) bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda navbatdagi gʻalabasiga erishdi
Boks boʻyicha ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Doʻsmatov Qirgʻiz Respublikasida filippinlik Mark Antonioga qarshi oʻzining professional boksdagi yettinchi jangini oʻtkazdi. 8 raund toʻliq davom etgan bahsda barcha hakamlar bir ovozdan hamyurtimizning gʻalabasini qayd etishdi.

Konkurchilarimiz xalqaro turnirda ishtirok etishdi
17-20-iyul kunlari Rossiyaning Moskva viloyatida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari nufuzli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Chim ustida xokkey boʻyicha Oʻzbekiston kubogi oʻtkazildi
17-21-iyul kunlari Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida chim ustida xokkey boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtdi. Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar bahsida Toshkent viloyati birinchi, Namangan viloyati ikkinchi va Andijon viloyati uchinchi oʻrinni egalladi.

Text to speech