20 Iyul 2025
421
Danila Semerikov yangi mavsumga Moskvada tayyorlanmoqda
Konkida yugurish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Danila Semerikov ham yangi mavsumga qizgʻin hozirlik koʻrmoqda. Sportchimizning mashgʻulotlari Moskva shahrida oʻtyapti. Sportchimiz ushbu yigʻinlar orqali kelasi mavsum Jahon kubogi bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashish orqali Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olishni rejalashtirgan.
