20 Iyul 2025
744
Reyn-Rur-2025: Delegatsiyamizga yana bir medal yozildi
Germaniyada oʻtayotgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi navbatdagi bronza medaliga ega chiqdi. Bu gal taekvondochimiz Shamsiddin Qurbonov oʻz nomini sovrindorlar qatoriga yozdirib qoʻydi.
-58 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz saralash bosqichlarida Pokiston, Turkiya va Yaponiya vakillarini magʻlub etdi. Final ostonasida esa tailandlik Siravit Mahamadga magʻlub boʻldi va bronza medaliga ega chiqdi.
Ushbu natijadan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud.
