20 Iyul 2025 537

Kurash afsonasi Artur Taymazovni tabriklaymiz!

Bugun erkin kurash boʻyicha Olimpiya oʻyinlarining oltin va kumush medallari sohibi, 2 karra jahon chempioni, 3 karra Osiyo oʻyinlari gʻolibi, “El-yurt hurmati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari, qolaversa, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Artur Taymazov 46 yoshni qarshi olmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Artur Borisovichni tavallud ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech