19 Iyul 2025 633

Reyn-Rur-2025: Taekvondochimiz Madina Mirabzalova bronza medaliga ega chiqdi

Taekvondochilarimiz ham Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga dastlabki medalni yozdirib qoʻyishdi. Yurtdoshimiz Madina Mirabzalova bronza medali bilan taqdirlandi.

-57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mirabzalova saralash bahslarida Meksika, Turkiya va Livan vakillarini magʻlub etib, yarim finalgacha yetib keldi. Biroq ushbu bosqichda braziliyalik Mariya Pachekoga imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

Bugungi kun holatiga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.

Text to speech