19 Iyul 2025 772

Reyn-Rur-2025: Ofarin, Taxmina! Bizda ikkinchi oltin medal!

Germaniyadan yana bir ajoyib yangilik. Bugungi bahslar badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromovaning benefisiga aylanib ketmoqda.

Yurtdoshimiz tasmadagi dasturda eng yuqori ball jamgʻarib, oʻzi va delegatsiyamizga mazkur Universiadadagi ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Ushbu natijadan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 2 ta oltin va 3 ta kumush medali mavjud.

Text to speech