19 Iyul 2025
703
Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi
Germaniyada oʻtayotgan yozgi Universiada oʻyinlaridan xushxabar. Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova delegatsiyamiz hisobiga oltin va kumush medallarini taqdim qildi.
Hamyurtimiz halqadagi mashqda ajoyib chiqishi bilan eng yuqori ball jamgʻarib, delegatsiyamizga 6 yil kutilgan oltin medalni keltirdi. Shuningdek, u bugun bulavalardagi mashqda ikkinchi natijani qaytdi etdi va yana bir kumush medalga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasini mazkur Universiadada hozircha 1 ta oltin va 3 ta kumush medalini jamgʻarib turibdi.
