19 Iyul 2025 611

Sportda yetakchi yoshlar safi kengaymoqda

Bugun Yoshlar ishlari agentligida mamlakatimizda yangidan yo‘lga qo‘yilayotgan “Yosh sport yetakchilari” dasturining ish boshlashiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Agentlik direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi direktori Shirin Abidova hamda koʻplab sportsevar yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiziqishlariga mos dasturlarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkentda oʻtadigan xalqaro musobaqalarda volontyorlarning tajribasini orttirib, yirik kompleks musobaqalarda ham ularning ishtirokini ta’minlash borasida fikr almashildi.

Text to speech