18 Iyul 2025 638

ReynRur-2025: Ikromova va Usmonov delegatsiyamizga dastlabki medallarni keltirishdi

Germaniyada oʻtayotgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi dastlabki medallariga ega chiqdi. Murosasiz kechgan bahslarda sportchilarimiz 2 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Dastlabki medalni badiiy gimnastikaning koʻpkurash dasturida Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi Taxmina Ikromova keltirdi. Shundan soʻng suzish bahslarida Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay usulida kechgan musobaqada marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi.

Text to speech