17 Iyul 2025 641

Toshkent mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi

24-iyul – 3-avgust kunlari Toshkent voleybol boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi U19 yosh toifasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi musobaqaga tayyorgarlik masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat voleybol federatsiyasi rahbariyati va volontyorlar xizmati vakillari bilan boʻlajak chempionatga olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonini koʻrib chiqishdi.

Uchrashuv chogʻida poytaxtimizda avvallari oʻtkazilgan xalqaro musobaqalar tajribasi asosida chempionatni yuqori saviyada tashkil etish, mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va xizmat koʻrsatish sifatiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Suhbat davomida ish samaradorligini oshirish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berilib, tayyorgarlik jarayonining har bir bosqichi qatʼiy nazoratga olinishi taʼkidlandi.

Shuningdek, xalqaro talablarga mos infratuzilmani shakllantirish va volontyorlar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Text to speech