17 Iyul 2025
537
Ogʻir atletikachilarimiz Turkiya yigʻiniga joʻnab ketishdi
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etish uchun Turkiyaga yoʻl oldi. Hamyurtlarimiz 22-avgustgacha Sakarya shahrida mashgʻulot oʻtkazishadi.
Qayd etish joiz, ushbu yigʻin oktyabr oyida Norvegiyada tashkil etiladigan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati, shuningdek, noyabrda Saudiya Arabistonida oʻtkaziladigan Islom birdamligi oʻyinlariga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Turkiya yigʻiniga Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev kabi 12 nafar terma jamoaning asosiy sportchilari jalb etilgan.
