16 Iyul 2025
638
Yurtimiz mezbonlik qiladigan Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasining sanasi maʼlum
2026-yil mamlakatimiz oʻz tarixida ilk bor Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasini qabul qilishi haqida xabar bergan edik. OOK ushbu tadbir sanasini e'lon qildi.
Unga koʻra, qitʼamiz sportiga oid muhim voqeliklar muhokama qilinadigan tadbir 26-yanvar kuni Toshkent shahrida tashkil etiladi. Qayd etish joiz, ushbu Bosh assambleyada OOK Prezidentligiga saylov oʻtkaziladi.
