16 Iyul 2025 654

“Korea Open” turnirida 7 ta medal qoʻlga kiritildi

Muju shahrida taekvondo WT boʻyicha “Korea Open” xalqaro musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Ikkinchi kun bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Oltin medal:
-87 kg: Shuhrat Salayev

Kumush medal:
-63 kg: Nazarali Nazarov
-87 kg: Yodgorbek Joʻraboyev
+73 kg: Svetlana Osipova

Bronza medal:
-68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev

Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur musobaqada 1 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal jamgʻarishdi.

Text to speech