"WT Diamond Games” turnirining yakkalik bahslarida 13 ta medal qoʻlga kiritildi
Koreya Respublikasining Muju shahrida uch kun davom etgan "World Taekwondo Diamond Games" turniri yakunlandi.
Musobaqaning so’nggi kuni doirasida yakkalik bellashuvlari tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, yakunda ularning 13 nafari shohsupadan joy oldi. Sportchilarimiz kun yakunida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Oltin medal:
-58 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-68 kg: Diyorbek To'xliboyev
-80 kg: Ozodbek Mamadaliyev
+80 kg: Yodgorbek Jo'raboyev
-49 kg: Madina Shoniyozova
-57 kg: Shabbona Abduvaliyeva
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova
Kumush medal:
-58 kg: Omonjon Otajonov
+80kg: Azizbek Abduqodirov
Bronza medal:
-58 kg: Kamronbek Mansurov
-58 kg: Mirdiyor Mirayimov
-67 kg: Sevnich Hayitova



