13 Iyul 2025 1108

Anvar Anvarov joriy mavsumda ikkinchi bor Oʻzbekiston rekordini yangiladi

Finlyandiyaning Yoensuu shahrida yengil atletika boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov mamlakat rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz soʻnggi urinishda 8,25 metr natija bilan bir necha hafta muqaddam Toshkentda oʻtgan xalqaro turnirda oʻzi oʻrnatgan mamlakat rekordini (8,23 metr) yaxshiladi. Shubhasiz, bu natija Anvarovga turnirda oltin medal keltirdi. Qolaversa, mazkur musobaqaning balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Barno Sayfullayeva 1,85 metr bilan urinishlar hisobiga koʻra bronza medaliga sazovor boʻldi.

Uzunlikka sakrash, erkaklar:
1. Anvar Anvarov (Oʻzbekiston)  — 8,25 metr
2. Aniel Molina (Kuba)  — 7,86
3. Kristian Pulli (Finlyandiya)  — 7,82

Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Luize Ekman (Shvetsiya)  — 1,85 metr
2. Ella Mikkola (Finlyandiya)  — 1,85
3. Barno Sayfullayeva (Oʻzbekiston)  — 1,85

Text to speech