11 Iyul 2025
533
Taekvondochilarimiz “World Diamond Games” musobaqasida oltin medalga sazovor boʻlishdi
Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT boʻyicha “World Taekwondo Diamond Games” musobaqasi boshlandi. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medal yozildi.
Mazkur musobaqada noodatiy vazn toifalari belgilangan boʻlib, hamyurtlarimiz Ozoda Sobirjonova hamda Madina Shoniyozova juftlikda -110 kg (ikki sportchining vazni) vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etishdi. Yurtdoshlarimiz yarim finalda Singapur, finalda esa mezbon Koreya Respublikasi vakillarini 2:0 hisoblarida magʻlubiyatga uchratishdi.
Terma jamoamiz aʼzolari ertaga oʻz chiqishlarini davom ettirishadi. Unda taekvondochilarimiz mikst dasturida medallar uchun bahs olib borishadi.

