11 Iyul 2025 527

Vladimir Svechnikov Vengriyadagi turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi

Vengriyaning Budapesht shahrida oʻq otish sporti boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Vladimir Svechnikov oltin medalga ega chiqdi.

Hamyurtimiz 10 metr masofadan toʻpponchadan otish bahslarining saralash dasturida 588 ochko jamgʻarib, eng yuqori ball bilan finalga yoʻl oldi. Medallar uchun kurashda ham yuqori salohiyatini namoyish etib, musobaqaga gʻolibiga aylandi.

1. Vladimir Svechnikov (Oʻzbekiston) 
2. Atallah Alanazi (Saudiya Arabistoni) 
3. Jonatan Guanji (Malayziya)

Text to speech