Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar jamoalarimiz Osiyo chempionatida ochkolar hisobi va medallar soni boʻyicha birinchi oʻrinni egallashdi
Qozogʻistonning Astana shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida ayollar oʻrtasida eng ogʻir vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. +86 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 tadan kumush va bronza medallarini jamgʻarishdi.
Kumush medal:
+86 kg: Nigora Suvonova (siltab koʻtarish, yoshlar)
+86 kg: Nigora Suvonova (ikki kurash, yoshlar)
Bronza medal:
+86 kg: Nigora Suvonova (dast koʻtarish, yoshlar)
+86 kg: Mohinur Esonboyeva (ikki kurash, yoshlar)
Shu tariqa, oʻsmirlar jamoamiz mazkur musobaqada 3 ta oltin, 7 ta kumush va 20 ta bronza, yoshlarimiz esa 5 ta oltin, 13 ta kumush hamda 10 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Ahamiyatlisi, har ikki jamoamiz ochkolar hisobi va qoʻlga kiritilgan medallar soni boʻyicha Osiyoning eng yaxshi jamoasiga aylandi.




