11 Iyul 2025 759

Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi

Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida yana bir kun ortda qoldi. Unda yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Oltin medal:
-72 kg: Ahmad Qodirov

Kumush medal:
-67 kg: Fayozbek Eshmirzayev
-82 kg: Azimjon Soatullayev

Bronza medal:
-60 kg: Xurshidbek Normuhammedov

Shu tariqa, musobaqada jami 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamgʻargan “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida Eron va Qirgʻiz Respublikasidan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.

Text to speech