9 Iyul 2025 581

Suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionatida qatnashadigan tarkibimiz maʼlum

11-iyul – 3-avgust kunlari Singapurda suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham bir qator dasturlarda bahs olib borishadi. Uzbekistan aquatics federatsiyasining maʼlum qilishicha, dunyo birinchiligida terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Sinxron suzish (18-25-iyul):
Texnik va erkin chiqish (solo): Sabina Mahmudova
Texnik va erkin chiqish (juftlik): Sabina Mahmudova va Ziyoda Toshxoʻjayeva

Suvga sakrash (26-iyul – 3-avgust):
Vyacheslav Kachanov (1 va 3 metrli tramplin)
Igor Myalin (10 metrli platforma)
V.Kachanov / I.Myalin (3 metrli tramplin, juftlik)

Suzish (27-iyul – 3-avgust):
Ilya Sibirsev (400, 800 va 1500 metrga erkin usulda)
Eldorbek Usmonov (50 va 100 metrga batterflyay)
Parizod Abdukarimova (50 va 100 metrga chalqancha)
Osiyoxon Redjapova (100 va 200 metrga erkin usulda)

Text to speech