9 Iyul 2025 485

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi "Jahon kubogi jamoaviy chempionatlar seriyasi"da oltin medalni qoʻlga kiritdi

Bugun Koreya Respublikasining Chuncheon shahri mezbonlik qilayotgan "Jahon kubogi jamoaviy chempionatlari seriyasi" musobaqasi doirasida aralash juftlik yo‘nalishidagi bellashuvlar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga ega chiqdi.

Jamoamiz dastlabki bosqichda Qozog‘iston termasini 2:1, yarim final bosqichida mezbon Koreya Respublikasini 2:0 hisobida magʻlub etdi. Hal qiluvchi jangda esa yurtdoshlarimiz Marokash terma jamoasini 2:0 hisobida dog‘da qoldirib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Bahslarda yurtimiz sharafini Islombek Rajabov (-68 kg), Shuhrat Salayev (-87 kg), Madina Mirabzalova (-57 kg) hamda Diyora Azizova (-62 kg) himoya qildi.

Endi jamoamiz "World Taekwondo Diamond Games" turnirida ishtirok etadi.

Text to speech