8 Iyul 2025 938

Sport vazirligining kengaytirilgan hay’at yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun Sport vazirligining birinchi yarim yil yakunlari boʻyicha kengaytirilgan hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi. Unda ortda qolgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, ustuvor rejalar belgilab olindi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti direktori Odil Abduraxmanov, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati, sport federatsiya va assotsiatsiyalarining mas’ullari ham ishtirok etishdi.

Anjuman davomida MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarining tayyorgarligini har tomonlama puxta tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar haqida gapirdi.

Shuningdek, MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichi yakunlari boʻyicha maʼlumot berdi.

Tadbir davomida 2025-yilda boʻlib oʻtadigan nufuzli kompleks musobaqalarga milliy terma jamoalarning tayyorgarligini tashkil etish va kun tartibidagi boshqa masalalar boʻyicha batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Text to speech