Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatining navbatdagi kunida 9 ta medal qoʻlga kiritildi
Qozogʻistonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlari va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Kumush medal:
-63 kg: Sarvinoz Koʻpaysinova (dast koʻtarish, oʻsmirlar)
-63 kg: Sarvinoz Koʻpaysinova (siltab koʻtarish, oʻsmirlar)
-63 kg: Sarvinoz Koʻpaysinova (ikki kurash, oʻsmirlar)
-79 kg: Hayitboy Abdushukurov (dast koʻtarish, yoshlar)
Bronza medal:
-79 kg: Sunnatbek Yusubboyev (dast koʻtarish, oʻsmirlar)
-79 kg: Sunnatbek Yusubboyev (siltab koʻtarish, oʻsmirlar)
-79 kg: Sunnatbek Yusubboyev (ikki kurash, oʻsmirlar)
-79 kg: Hayitboy Abdushukurov (siltab koʻtarish, yoshlar)
-79 kg: Hayitboy Abdushukurov (ikki kurash, yoshlar)
