8 Iyul 2025 528

Erkin kurash boʻyicha U15 jamoamiz ham Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

Qirgʻiz Respublikasida sport kurashlari boʻyicha U15 yosh toifasidagi qit’a birinchiligi nihoyasiga yetdi. Ortda qolgan kun erkin kurash boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari 2 tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.

 Oltin medal:
-38 kg: Asomiddin Badriddinov
-75 kg: Abduqodir Sarsenbayev

 Kumush medal:
-52 kg: Behzodbek Ibrohimov
-68 kg: Muhammadali Moʻydinov

 Bronza medal:
-48 kg: Yosinali Siddiqov
-57 kg: Ismoiljon Nazirjonov

Ushbu natija bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida Hindiston va Yaponiyadan keyin uchinchi oʻrinni egallashdi. Ertadan ushbu shaharda U20 yosh toifasidagi bahslar start oladi.

Text to speech