8 Iyul 2025
625
Ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolovni tabriklaymiz!
Bugun boks boʻyicha ikki karra Olimpiada va jahon chempioni, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi, uch karra Osiyo chempioni, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” hamda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Bahodir Jalolov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bokschimizni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.
