7 Iyul 2025
685
Toshkentda Xalqaro voleybol kunining 130 yilligi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi
7-iyul butun dunyo boʻylab Xalqaro voleybol kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sananing 130 yilligi joriy yil yurtimizda ham oʻzgacha shukuhda qarshi olindi.
Poytaxtimizdagi JAR sport majmuasida bugungi sanaga bagʻishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, mamlakat voleybol federatsiyasi rahbariyati, soha vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Yuzlab voleybol ishqibozlarini bir joyga jamlagan mazkur tadbir doirasida yugurish musobaqasi ham oʻtkazildi.









