6 Iyul 2025
511
Chavandozlarimiz Minskda oltin va bronza medallariga ega chiqishdi
Belarus poytaxtida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Doʻstlik kubogi” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi ayni paytgacha 1 tadan oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Oltin medalga 150 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida Bekzod Qurbonov sazovor boʻldi. Yurtdoshimiz ushbu natijaga “Matts V.G.” tulpori bilan erishdi. Shuningdek, 130 sm balandlikda kechgan jamoaviy yoʻnalishda Bekzod Qurbonov va Dilshod Shokirov bronza medallariga ega chiqishdi.



