6 Iyul 2025 704

Yosh dzyudochilarimiz Chexiyadagi turnirda yetakchilik qilishmoqda

Chexiya poytaxti Praga shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar o‘rtasida Prague Junior European Cup 2025 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning 4 qit’asi 32 davlatidan jami 428 nafar dzyudochi qatnashayotgan turnirning birinchi kungi bahslari O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun omadli keldi. Kamol Murodov bosh murabbiyligidagi dzyudochilarimiz unda 2 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Ushbu natija bilan hamyurtlarimiz birinchi kundan soʻng umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda ketishmoqda.

Oltin medallar
-66 kg: Dilshodbek Hamroyev
+78 kg: Umida Nig‘matova

Bronza medallar
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova

Text to speech